Otabek Abdiraimov - BlogQilayotgan ishingizdan koʻra koʻproq qiymati muhimroqdirimage

10 ta ko'rishlar

12-iyul, 2024

o'qishga ketadigan vaqt: 1 daqiqa


Misol uchun, siz dasturlashni yoqtirasiz. Deylik siz 5 yil bu sohada shugʻullandingiz. Bu gapdan keyin oʻylab qolasiz. Buncha vaqt kod yozish natijasida zerikib qolsam kerak-a degan oʻyga keladiz.

Ammo sizni ishlashga undaydigan bir narsa bor.

Bu narsa esa QIYMAT hisoblanadi. Deylik siz ishlab chiqqan dastur milionlab inson tomonidan ishlatilinmoqda va ular dasturdan manfaat olishyapti. Bu sizga yangi dasturlar tuzishga undaydi.

Keling boshqa misolni koʻramiz. Oshpaz ovqat pishirishni yoqtirishi mumkin, ammo, u pishirgan ovqatdan odamlar bahramand boʻlganlarini koʻrish oshpazga yana yaxshiroq ishlashiga undaydi.

Bu hamma soha vakillari uchun tegishlidir. Kasbingizdan olayotgan qiymatingizni topish sizga yanada unumliroq va samaraliroq ishlashga yordam beradi.

© 2024 Copyright by Otabek Abdiraimov