Otabek Abdiraimov - BlogNatija yo'qligi — doimiylik yo'qligidanimage

4 ta ko'rishlar

12-iyul, 2024

o'qishga ketadigan vaqt: 1 daqiqa

Bir kun 3-4 soatlab kitob o'qiymiz, ertasi kuni tashlab qo'yamiz.

Bir kun terlab, charchagunimizcha mashq qilamiz, natija ko'rmaganimizdan so'ng qolib ketadi.

Ammo natija uchun ko'p harakat emas, davomiylik muhimligini bilmaymiz.

Buning yechimi oddiy: kuniga kam bo'lsa ham har kuni bir ishni qilish doimiylikka olib keladi. Va bu odat holatiga o'tadi.

Misol uchun, bir kunda 2 daqiqadan kitob o'qish yetarli bo'ladi. Bu vaqt kun o'tgani sayin ortib boradi va doimiy qilinganligi uchun odat shakllanadi.

Yana bir narsani eslab o'tish kerak: qilmoqchi bo'lgan ishingizga turtki bo'luvchi muhitda yashang. Bu odat yaratilishini keskin tezlashtiradi. [1]
Bu jarayonni tezlashtirish uchun siz yaratmoqchi bo'lgan odatni qayerda, qachon, nega, qancha vaqt degan savollariga javob berishingiz kerak bo'ladi. [2]

Buni hayotda sinab ko'rish va yaxshi odatlarga ega bo'lish hayotimizni yanada mahsuldorroq o'tkazishga yordam beradi.

© 2024 Copyright by Otabek Abdiraimov