Otabek Abdiraimov - Blog«Hisorak» yoxud ko'plab insonlar ko'zini ochgan voqea...image

10 ta ko'rishlar

12-iyul, 2024

o'qishga ketadigan vaqt: 1 daqiqa

Bir kuni endi uxlashga yotgandim. Dadamga qarindoshimiz telefon qildilar. Vahimali holatda gapirganlarini eshitib o'rnimdan turdim va suv omborida yoriq paydo bo'libdi degan gapni eshitdim.

Birdan kerakli narsalarni yig'dik va qarindoshimiznikiga bordik. Yo'llar juda ham tirband edi. Hamma uy-joyini tashlab tog'li hududlarga jo'nab ketayotgandi.

Ijtimoiy tarmoqlar shu voqeaga to'lgan edi. [1] [2]...

Shu kecha hech qanday fojiaviy hodisa sodir bo'lmadi, hamma tongda uyiga qaytdi. Ammo shu kuni avhol yanada yomonlashdi va aksincha hammasi yaxshi degan xabarlar juda ham ko'payib ketti. O'zim ham qaysiga ishonishni bilmay qolgandim.

Shu paytda rasmiy tashkilotlardan hammasi yaxshi degan xabarlar kelsada, odamlar qo'rqishganidan yana tog' taraflarga ketishdi. Bu safar odamlar yanada ko'proq edi.

Shu vaqtda ahvolni yomolashdi deganlarni ushlashgani va yolg'on xabar berishgani haqida ko'rib qoldim va o'zimga savol berdim: nega insonlar yolg'on xabarga ishonishdi-yu, rostiga ishonishmadi?

Chunki yolg'on ma'lumot tarqatgan odamlar boshqalarning ongostiga buni singdirib ulgurishgandi. Bu uchun ular soxta reallik yaratishgandi, ya'ni manipulyatorlar (shu holatdagidek odamlarni aldovchilar) videolarni va turli ovozli xabarlarni hammaga yuborishgandi.

Demak, axborotlarning hammasiga ham ishonish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi (ba'zida jiddiy muammolarga olib kelishi ham mumkin).

Manipulyatsiydan ehtiyot bo'lish hammamiz uchun zarur!

© 2024 Copyright by Otabek Abdiraimov