Otabek Abdiraimov - BlogHech narsa o'qishga yetolmaydiimage

12 ta ko'rishlar

12-iyul, 2024

o'qishga ketadigan vaqt: 1 daqiqa

Ba'zida insonlar soatlab vaqtlarini video, podkastlar ko'rishga o'tkazib yuborishadi. Ammo ular bilishmaydiki, kitob o'qish undan afzalroq ekanini...

Misol uchun

Biz kunimizning yarmini podkast yoki foydali videolar ko'rish bilan o'tkazsak ham, biz taffakur qilmagan bo'lamiz. Bu holatda biz shunchaki ma'lumot olamiz holos. Ammo 1 soat kitob o'qish orqali biz fikrlash qobiliyatimizni oshira olamiz.

Buni qanday izohlash mumkin?

Keling bir misol ko'raylik. Siz 30 kun davomida oshpaz pishirgan oshni yedingiz. Buni podkast eshitishga tenlashtiramiz. Siz 30 kundan keyin osh pishira oladigan odam bo'la olmaysiz. Ammo 30 kun oshpaz pishirgan oshni qanday tayyorlanishi ko'rish orqali siz katta ehtimol bilan bemalol osh pishira olasiz va buni kitob o'qishga tenglashtirish mumkin.

Shu sababdan ham, kitob o'qing.

Ammo aytishingiz mumkin, men mashinada ko'p yuraman va menga ko'proq podkastlar, intervyular qulay deb. Lekin bunda siz ma'lumot olasiz. Maqsad esa o'rganish bo'lishi lozim. Biroq, o'rganilganidan keyin o'zgarish asosiy maqsad bo'ladi.

© 2024 Copyright by Otabek Abdiraimov