Otabek Abdiraimov - BlogEng yaxshi...image

8 ta ko'rishlar

12-iyul, 2024

o'qishga ketadigan vaqt: 1 daqiqa

Insonda ba'zida eng yaxshi muhit, kitob, film, dars qaysi ekanligi qiynaydi. Noto'g'ri tanlov esa yomon oqibatlarga olib keladi.

Misol uchun, eng yaxshi kitobni tanlashimiz kerak, bo'lmasa bizda maqsad yo'lida harakat qilish istagi kamayib ketadi.

Bunday bo'lmasligi uchun nima qilish kerak?

Javobi oddiy, eng yaxshi kitob, sizni o'zgartira oladigan kitob bo'lishi kerak. Bu formulani ehtiyojimizga ko'ra o'zgartirishimiz mumkin.

Eng yaxshi [ehtiyoj nomij], sizni o'zgartira oladigan [ehtiyoj nomi] bo'lishi kerak.

Bu maqsadlarimizga tezroq va unumliroq tarzda erishishga yordam beradi!

© 2024 Copyright by Otabek Abdiraimov